ЎЗБЕК
55
MEXANIK BOShQARILADIGAN
AEROGRIL
AEROGRILNING AFZALLIKLARI
Aerogril
– zamonaviy universal maishiy
oshxona asbobi bo’lib, u oshxona issiqlik
asboblarining ko’pchiligining o’rnini bosishi
mumkin, masalan: toster, roster, elektr plitasi,
gaz plitasi, mikroto’lqinli pech va boshqalar.
Aerogrilning qopqog’iga galogenli isitish
elementi va ventilyator ichki qurilgan
bo’lib, panjaralariga qo’yilgan oziq-ovqat
mahsulotlariga har tomondan issiq havo
oqimi kelib, pishiriladi, bu esa ularning bir
tekisda tayyorlanishiga yordam beradi,
va issiq havo tutun va qurum yuzaga
kelishi imkoniyatini yo’q qiladi. Oziq-ovqat
mahsulotlari issiq havo bilan isitilganda
yog’ning ortiqcha qismi shisha idishga oqib
tushadi, shu tufayli oziq-ovqat mahsulotlari
o’zining suyuqligi bilan, foydali moddalari
va vitaminlari saqlanib qolgan holda
tayyorlanadi.
Aerogrilning shisha idishi issiqlikka chidamli
shishadan tayyorlangan, bu esa oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlash jarayonini ko’rib
tekshirishga imkon beradi.
Aerogrilda oziq-ovqat mahsulotlarini
tayyorlash paytida odatdagi elektr plitaga
qaraganda kamroq (20 % gacha kamroq)
elektr energiyasi ishlatiladi.
TA’RIFI
1. Isitish elementi va boshqarish paneli
bo’lgan buyum qopqog’i
2. Buyumning tarmoqqa yoqilganligining
indikatori
3. Taymer
4. Buyum dastasi
5. Haroratni sozlash moslamasi
6. Isitish elementini yoqish indikatori
7. Buyumning shisha idishi
8. Pastki panjara
9. Ustki panjara
10. Masalliqlar uchun qisqich
11. Shisha idishning hajmini oshiruvchi halqa
12. Shisha idishning tagligi
BUYuMNING QOPQOg’I
Buyum qopqog’ida (1) joylashgan: galogenli
isitish elementi va ventilyator, u aerogrildagi
oziq-ovqat mahsulotlariga issiq havoni
yuboradi. Haroratni sozlash moslamasi (5) va
taymer (3) bilan Siz buyumni boshqarishingiz
mumkin. Indikator (2) tarmoq simininng
vilkasini rozetkaga ulaganda yonadi, ishlash
indikatori (6) esa isitish elementi yoqilganda
yonadi. Aerogrilning ishlagan paytida uning
qopqog’ining dastasini (4) ko’tarib, Siz isitish
elementini o’chirasiz, agar ushbu dastani (4)
pastga tushirsangiz, u holda isitish elementi
yana yoqiladi.
BUYuMNING ShIShA IDIShI
Buyumning shisha idishi (7) issiqlikka
chidamli shishadan tayyorlangan, bu
esa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash
jarayonini kuzatishga imkon beradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga har tomondan
issiq havo oqimi kelib, pishiriladi, bu
bilan aerogrilda pishiriladigan oziq-
ovqat mahsulotlarining bir tekisda isitilib
tayyorlanishi ta’minlanadi.
PASTKI PANJARA
Panjara (8) oziq-ovqat mahsulotlarini
dimlash, xurmacha ichidagi taomlarni
tayyorlash uchun, shisha idishning hajmini
oshiruvchi halqadan (11) foydalanganda
katta hajmli oziq-ovqat mahsulotlarini
joylashtirish uchun ishlatiladi.
USTKI PANJARA
Panjara (9) issiq buterbrodlar va quymoqlarni
tayyorlash uchun ishlatiladi, va shisha
idishning hajmini oshiruvchi halqadan (11)
foydalanganda yoki bir nechta taomlarni bir
vaqtning o’zida tayyorlaganda juda zarur
bo’ladi.
DIQQAT!
Siz dudlama baliq, kaboblarni tayyorlash,
oziq-ovqat mahsulotlarini quritish uchun va
hokazolar uchun bir vaыtning o’zida ikkita
panjaradan foydalanishingiz mumkin. Ikkita
panjara oila uchun bir necha taomli tushlikni
tayyorlash uchun ishlatiladi.
MW-1951.indd 55
MW-1951.indd 55
14.09.2010 15:11:58
14.09.2010 15:11:58