Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
33
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Ishlab chiqaruvchi ”ATLANT” YOAJ
Pobediteli shohko‘chasi, 61, 220035, Minsk sh., Belarus Respublikasi;
www.atlant.by
SOVUTISH USKUNASI
Hurmatli xaridor!
Sovutish uskunasini xarid qilayotganda (sovutkich – muzlatkich, bir kamerali kompression sovutkich) (keyingi o‘rinlarda -
sovutkich) kafolat kartasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini, uni sotgan tashkilotning shtampi, yirtma talonlardagi sotuv sanasi ko‘rs-
atilganligini tekshiring.
Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani sinchkovlik bilan o‘rganib, Siz sovutgichdan to‘g‘ri foydalana olishingiz mumkin. Foydalanish
bo‘yicha qo‘llanmani sovutgichning butun xizmat muddati davomida saqlang.
Sovutgich 2008 yil 3 dekabrda Ukraina Vazirlar Mahkamasining № 1057 sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr va elektron usk-
unalarda ba’zi xavfli moddalardan foydalanishni cheklash texnik reglamentining talablariga mos keladi. Reglament qilingan zararli
moddalarning foiz miqdori Texnik reglament bilan belgilangan me’yorlardan oshiqcha emas.
”ATLANT” YOAJning mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish sifati boshqaruv tizimi STB ISO 9001-2009 ga mos keladi va
BR Muvofiqlikni tasdiqlash Milliy tizimi Ro‘yxatida №BY/112 05.01. 002 0014 raqami ostida ro‘yxatga olingandir.
1 U M U M I Y M A’ LU M O T L A R
1.1
Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma sovutgichni boshqarish
va undan foydalanish xususiyatlari haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan
ilovasiga ega. Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma sovutgichning turli
rusumlari uchun ishlab chiqilgandir.
Sovutgich rusumida oxirgi raqamlar (shartli ravishda «-XX» yoki
«-XXX») kafolat kartasi va yangi sarhal oziq-ovqatlarni saqlash kam-
erasi (bundan keyin) ichining chap tomonda joylashgan sovutgich
taxtakachida ko‘rsatilgan bajarish raqamini anglatadi. Sovutgichning
ijrolari sathni qoplash materiali, energiya samaradorligi sinfi va rang
yechimlari bilan farq qiladi.
1.2
Sovutgichdan quyidagi shartlarga muvofiq foydalanish kerak:
— ilovasida ko‘rsatilgan atrof-muhit haroratida;
— nominal kuchlanishdan ±10 % farq qilgan holatda o‘zgar-
uvchan tok elektr tarmog‘idagi nominal kuchlanish 220-230 V va
chastotasi (50±1) Gs ko‘lamida;
— nisbiy namlik 75 % dan ko‘p bo‘lmaganda.
Boshqa sharoitlarda foydalanilganda sovutgichning issiqlik va
quvvat xususiyatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilganlarga
mos kelmasligi mumkin.
Yotoqxonalarda sovutgichdan foydalanish vaqtida shuni inob-
atga olish lozimki, sovutgich ishi funksional g‘uvillash va tovushlar
bilan yuritiladi.
DIQQAT! Muzlatgidan foydalaniladigan xona mahsulotda-
gi R600a xladagentining 8 g uchun kamida 1 m
3
hisobidan kelib
chiqqan xolda hajmga ega bo‘lishi kerak. Xladagent og‘irligi
3 rasmiga muvofiq taxtachada ko‘rsatilgan. Xonadagi havo
almashtirish tizimi ishga yaroqli bo‘lishi kerak.
1.3
Yetkazib berish to‘planmasiga quyidagilar kiradi: butlovchi
buyumlar, foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ilovasi bilan, servis tash-
kilotlari ro‘yxati, sovutish uskunalarining energiyaviy samaradorligi
yorlig‘i (bundan keyin — yorliq), kafolat kartasi yorliq o‘zagi bilan.
Sovutgichning texnik xususiyatlari ko‘rsatkichlari yoriq o‘zagida
joylashtirilgandir. Yorliq o‘zagini kafolat kartasidan kesib olib, yorli-
qdagi texnik xususiyatlar bilan moslashtirish lozim.
Kafolat kartasida jadvallarda sovutgichning qolgan texnik
xususiyatlari va butlovchi buyumlar adadi haqidagi ma’lumot joy-
lashtirilgan.
1.4
Ishlab chiqaruvchi, sovutgichning asosiy texnik xususiyatla-
rini o‘zgartirishsiz saqlagan xolda, uning tuzilishini takomillashtirishi
mumkin.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) foydalanish yoki
saqlash sharoitlari buzilishi, bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch
ta’siri (yong‘in, tabiiy ofat va h.k.), uy hayvonlari, hasharotlar
va kemiruvchilar ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan mahsulo-
tdagi nuqson va shikastlar uchun javobgarlikni (kafolat davri
uchun ham) olmaydi.
2 X AV F S I Z L I K TA L A B L A R I
2.1
Sovutgich — elektr maishiy uskuna, shuning uchun undan
foydalanish vaqtida elektr xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya
qilish zarur.
2.2
Zaif jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyatlarga ega shaxslar
(bolalar ham), agar ularda tajriba va bilim yetishmasa va ular uchun
javbogar shaxs tomonidan uskunadan foydalanish haqida o‘rgat-
ilmasa yoki nazorat ostida bo‘lmasalar uskunadan foydalanishlari
ta’qiqlanadi.
Bolalar uskuna bilan o‘ynashlari oldini olish uchun nazorat ostida
bo‘lishlari kerak.
2.3
Elektr toki bilan shikastlanishdan himoya turi bo‘yicha sovu-
tgich I sinfiga oid va elektr tarmog‘iga yerga ulanish kontaktiga ega
ikki qutbli rozetka orqali ulanishi kerak.
Yerga ulanish kontaktiga ega ikki qutbli rozetkani o‘rnatish
uchun malakali elektrikka murojaat qilish lozim. Rozetka sovutgichni
tashqi elektr tarmog‘idan favqulot xolatida o‘chirish imkonini beru-
vchi joyga o‘rnatilishi kerak.
2.4
Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin quvvat yetka-
zish shnuri va ayrida shikastlar yo‘qligini ko‘zdan kechirib, tekshirish
lozim. Quvvat yetkazish shnurida shikastlar bo‘lsa, uni ishlab chiqar-
uvchidan yoki servis xizmatidan olingan xuddi shunday shnur bilan
almashtirish kerak bo‘ladi.
2.5
Sovutgichni quvvat yetkazish shnurini rozetkadan chiqarib,
elektr tarmog‘idan uzish lozim bo‘ladi agar:
— sovutgich tozalansa;
— yoritish lampasi almashtirilsa;
— u boshqa joyga ko‘chirilsa;
— uning ostida pol yuvilsa.
2.6 Sovutgichning sovutish tizimida izobutan xladagenti
(R600a mavjud).
DIQQAT! Sovutish tizimining zichligiga zarar
yetkazmang.
Qor qoplamini olib tashlash uchun sovutgi-
chdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada tavsiya
etilmagan buyum va moslamalardan foydalanmang.
Sovutgich ichida elektr asboblardan foydalanmang.
DIQQAT! Sovutish tizimining shikastlanishi holatida xona
yaxshilab shamollatilishi va muzlatgich yaqinida olovning oc-
hiq manbalari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak, chunki
izobutan tez yonuvchan gaz.
DIQQAT! Sovutgichni tez yonuvchan va olovni tarqatuvchi
buyum va moddalarga (pardalar, loklar, bo‘yoqlar va h.k.) juda
yaqin o‘rnatmang.
Sovutgichni mebelga o‘rnatish (o‘rnatiladigan sovutgichdan
tashqari), shuningdek xonaning devori va sovutgichning orqa devori
o‘rtasida orqa tirgaklar tomonidan hosil qilinuvchi bo‘shliqni yopish
TA’QIQLANADI
.