14 O'zbek
Noso
zlik
larni bar
tar
af qilish v
a axbor
ot k
odi
Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
Muammo
Sababi
Chora
Pishirish tugallandi, lekin
sovitish ventilyatori
haliyam ishlayapti.
Mikroto'lqinli pech havosini almashtirish
uchun pishirish tugaganidan so‘ng 3
daqiqacha ventilyator ishlab turadi.
Bu mikroto'lqinli pech nosozligi emas.
Aylanuvchi patnis
Aylanayotganida
patnis o‘rnidan chiqib
ketadi yoki aylanishdan
to‘xtaydi.
Rolikli taglik yo‘q yoki joyiga to‘g‘ri
o‘rnatilmagan.
Rolikli taglikni o‘rnatib, qayta urinib
ko‘ring.
Aylanuvchi patnis
sudralmoqda.
Rolikli taglik joyida emas, taom haddan
tashqari ko‘p yoki idish juda katta, pech
devoriga tegib qolmoqda.
Taom miqdorini o‘zgartiring va o‘ta katta
idish ishlatmang.
Aylanuvchi patnis
aylanayotganida
taraqlaydi, shovqin
chiqaradi.
Mikroto'lqinli pech tagiga ovqat qoldig‘i
tiqilib qolgan.
Mikroto'lqinli pech tagiga yopishib
qolgan ovqat qoldiqlarini olib tashlang.
Mikroto'lqinli pech
Mikroto'lqinli pech
isitmayapti.
Eshik ochiq.
Eshikni yopib, qayta urining.
Qizdirish paytida tutun
chiqadi.
Pechni birinchi marta ishlatganingizda
isitish elementlaridan tutun chiqishi
mumkin.
Bu nosozlik emas, pechni 2-3 marta
ishlatganda yo‘qolishi kerak.
Isitish elementlariga ovqat to‘kilgan.
Pech sovishini kuting va isitish
elementlaridan taomni olib tashlang.
Pechni ishlatganda
plastik yoki kuygan hid
kelmoqda.
Plastik yoki issiqqa chidamsiz idish
ishlatilgan.
Yuqori haroratga mos bo‘lgan shisha
idishlarni ishlating.
Pech ichidan noxush hid
kelmoqda.
Ovqat qoldig‘i yoki plastik erib, ichiga
yopishib qolgan.
Bug‘ funksiyasidan foydalaning, keyin
quruq latta bilan arting. Noxush hidni
tezroq yo‘qotish uchun pech ichiga
limon bo‘lagi qo‘yib, keyin ishlatishingiz
mumkin.
Muammo
Sababi
Chora
Mikroto'lqinli
pech tegishlicha
pishirmayapti.
Tayyorlash paytida pech eshigi tez-tez
ochiladi.
Eshikni tez-tez ochsangiz, ichki harorat
pasayadi, oqibatda taom kutilganidek
chiqmasligi mumkin.
Pech boshqaruvlari to‘g‘ri qo‘yilmagan.
Pech boshqaruvlarini to‘g‘ri qo‘yib, qayta
urinib ko‘ring.
Gril yoki boshqa anjomlar to‘g‘ri
kiritilmagan.
Anjomlarni to‘g‘ri kiriting.
Mos kelmaydigan turdagi yoki
o‘lchamdagi idish ishlatilgan.
Tekis tubli, mos keladigan idish ishlating.
Axborot kodi
Axborot kodi
Sababi
Chora
C-d0
Boshqaruv tugmalari
10 soniyadan oshiq
bosib turilgan.
Tugmachalarni tozalang va tugmacha atrofidagi
sirtlarda suv borligini tekshiring. Bu yana takrorlansa,
mikroto‘lqinli pechni 30 soniyaga o‘chirib qo‘ying, keyin
qayta urining. Agar bu xato yana takrorlansa, SAMSUNG
kompaniyasining xaridorlarga xizmat ko'rsatish mahalliy
markaziga qo'ng'iroq qiling.
IZOH
Taklif qilingan yechim muammoni hal qilmasa, SAMSUNG kompaniyasining mahalliy xizmat ko‘rsatish markaziga
murojaat qiling.
Simple manual_MS23A7013AL_BW_DE68-04660C-00_UZ_13012021.indd 14
Simple manual_MS23A7013AL_BW_DE68-04660C-00_UZ_13012021.indd 14
2/4/2021 4:28:08 PM
2/4/2021 4:28:08 PM