ЎЗБЕК
35
DAZMOL
TA’RIFI
1 – Suv purkagichining tuynugi
2 – Suv quyish teshigining qopqog’i
3 – Bug’ni doimiy berish sozlagichi
4 – Suv purkagichining tugmasi
5 – Bug’ni berishning tugmasi
6 - Isitish elementini yoqish/o’chirish indikatori
7 - Tarmoq simining himoyasi
8 – Dazmol asosi
9 – Suv uchun sig’im
10 – Haroratning sozlagichi
11 – Suvning maksimal sathining ko’rsatkichi
12 – Dazmol tagligi
13 - O’lchov stakanchasi
XAVFSIZLIK CHORALARI
Foydalanishdan avval yo’riqnomani diqqat bilan
o’qib chiqing, shuningdek rasmlarga e’tibor
bering.
• Dazmolni yoqishdan avval tarmoqda kuchlanish
dazmolning ish kuchlanishiga mos kelishiga
ishonch hosil qiling.
• Tarmoq simi "evrovilka" bilan jihozlangan; uni
ishonchli yerga tutashish simi bo’lgan rozetkaga
yoqing.
•
Yong’in kelib chiqishi xavfi
bo’lmasligi
uchun asbobni elektr rozetkaga ulashda
moslashtirgichlardan foydalanmang.
• Elektr tarmoqqa ortiqcha yuk tushmasligi uchun
bir vaqtning o’zida katta iste’mol quvvati bo’lgan
bir nechta asbobni yoqmang.
• Dazmoldan faqat yo’riqnomada ko’rsatilgan
maqsadlarda foydalaning.
• Dazmoldan
xonalaryuan
tashqarida
foydalanmang.
• Dazmolni tekis barqaror yuzaga qo’ying, yoki
dazmollash taxtasidan foydalaning.
• Yoqilgan dazmolni qarovsiz qoldirmang.
•
Dazmoldan foydalanmaganda doimo uni
tarmoqdan o’chirib qo’ying.
• Idishni suv bilan to’ldirishda doimo dazmolning
tarmoq vilkasini rozetkadan o’chiring.
• Suv bilan to’ldirish uchun tuynuk dazmollash
paytida yopilgan bo’lishi kerak.
• Suv idishiga xushbo’ylashtiradigan suyuqliklarni,
sirka, ohor eritmasini, quyqani tozalash uchun
reagentlar, kimyoviy moddalar va hokazolarni
quyish taqiqlanadi.
• Kuymaslik uchun terining ochiq joylariga
dazmolning issiq qismlari yoki chiqayotgan bug’
tegib ketishidan ehtiyot bo’ling.
• Tarmoq simi dazmollash taxtasining chetidan
osilib tushmasligi, shuningdek issiq yuzalarga
tegmasligini kuzatib turing.
• Dazmolni elektr tarmog’iga yoqish/o’chirishdan
avval, dazmol haroratining sozlagichini «min»
holatiga, bug’ni doimiy berish sozlagichini esa
« » holatiga o’rnating.
• Dazmolni elektr tarmog’idan o’chirganda doimo
tarmoq vlkasidan ushlang, hech qachon tarmoq
simidan tortmang.
• Elektr tokining zarbasi bilan shikastlanishga yo’l
qo’ymaslik uchun dazmolni suvga yoki boshqa
istalgan suyuqlikka botirmang.
• Dazmolni olib qo’yishdan avval suvning
qolganini to’kib tashlang va uning to’liq sovishini
kuting.
•
Faqat dazmol tarmoqdan o’chirilganidan
keyingina suvni to’kib tashlang.
• Tarmoq vilkasi, tarmoq simi shikastlangan,
shuningdek boshqa har qanday nosozliklari
bo’lgan dazmoldan foydalanmang.
• Dazmol tushib ketganidan keyin, uning ustida
ko’rinib turgan shikastlanishlar bo’lganda yoki
undan suv oqib chiqadigan holda dazmoldan
foydalanmang.
• Elektr tokining zarbasi bilan shikastlanishga
yo’l qo’ymaslik uchun hech qachon dazmolni
mustaqil qismlarga ajratmang, nosozlik
aniqlanganda faqat ro’yxatga olingan rasmiy
servis markaziga murojaat qiling.
•
Bolalarga buyumdan o’yinchoq sifatida
foydalanishga ruxsat bermang.
• Bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarga
yaqin joyda asbobdan foydalanganda ayniqsa
ehtiyot bo’ling.
Ularga buyumdan qarovsiz holda foydalanishga
ruxsat bermang.
• Bolalar yoki imkoniyatlari cheklangan kishilar
fendan foydalanganda alohida e’tibor berish
lozim. Buyumdan foydalanish faqat ularga
buyumdan xavfsiz foydalanish to’g’risida va
buyumdan noto’g’ri foydalanganda yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan xavfl ar to’g’risida tegishli
va tushunarli yo’riqnomalar berilgan holdagina
ruxsat etiladi.
• Buyumni bolalar yeta olmaydigan, quruq salqin
joyda, vertikal qo’yilgan holatda saqlang.
•
Buyum faqat uyda foydalanish uchun
mo’ljallangan.
BIRINCHI FOYDALANISHDAN AVVAL
• Dazmolni o’ramdan ochib oling va dazmol
MW-3015.indd 35
MW-3015.indd 35
24.02.2011 16:39:02
24.02.2011 16:39:02